"Surxon" sport direktori: "Jamoamiz uchun hech qanday qulay raqib yo‘q"

  • 17 may, 11:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 10-turini boshlab bergan "Surxon" - "So‘g‘diyona" (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov betobligi sababli yana qatnasha olmadi va o‘rniga sport direktori Rustam Qurbonboev qatnashdi. Klub matbuot xizmati shunday xabar qildi.

Tecno

O‘yin haqida

- Oson o‘yin bo‘lmasligini bilardik, chunki So‘g‘diyona - juda yaxshi jamoa. O‘ringa qaramasdan, jamoa yaxshi ekanligini bilardik, jamoaning o‘yinlarni yaxshi o‘rganib chiqdik. Shunga yarasha jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Xudoga shukur, omadimiz keldi va biz g‘alaba qozondik. O‘ylashimcha, eng yaxshi o‘yinni o‘tkazmadik. Shunga qaramasdan, g‘alaba qozonishimiz uchun xursandmiz. Bolalarni, murabbiylar shtabini va muxlislarni ushbu g‘alaba bilan tabriklayman

- Oldingi matbuot-anjumanlariga Haydarov haqida aytilgan edi, u yig‘inda qatnashmaganligi va ko‘p o‘ynamaganligini. Evropa futbolini misolga keltirsak, har bir yosh hujumchi ustidan alohida ish va uning salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Nega Haydarovning hozirgi o‘yini bo‘yicha murabbiy shtabi tomonidan reaktsiya qilinmayapti?

- Biz reaktsiya ko‘rsatmayapmiz deb aytolmayman. Biz hammamiz bilamiz, Abdug‘ofur hozir optimal formada emas. Biz bilan Turkiyadagi yig‘inda qatnashmaganligidan tashqari, yoshlar terma jamoani yig‘inida ham qatnashgan va u tizzasidan jarohat olgan, ko‘p mashg‘ulotni o‘tkazib yubordi. Bu narsa ham ta’sir qilgan. Futbolda 1-2 oy mashg‘ulot qilmasligi - bu o‘zi katta narsa. Xudoga shukr, u jarohatsiz amaliyotini o‘tkazdi. Lekin biz bu ustida ishlamoqdamiz. Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiymiz u bilan alohida ishlamoqda. Bizda ikki nafar hujumchimiz bor. E’tibor bergan bo‘lsangiz, biz asosan 4-3-3 taktik sxema bo‘yicha o‘ynaymiz. Muhammad-Ali Abdurahmonov hozir yaxshi o‘ynamoqda. Ammo Abdug‘ofurga o‘yini amaliyotini bermasdan ish tutmadik. Kubokda o‘ynamoqda, har bir o‘yinda yarim soatdan o‘ynamoqda. Biz Haydarovning o‘tgan mavsumda ko‘rsatgan o‘yiniga qaytishi uchun manfaatdormiz va jamoa unga yordam beradi. Ozgina sabr qilishimiz kerak. Abdug‘afur Haydarov - kelajagi bor futbolchi. Undan tashqari, ko‘p yosh futbolchilarimiz bor. Biz asosan yosh futbolchilarni o‘ynatamiz va ularga imkoniyat bermoqdamiz

- Bilishimizcha, Haydarovga TsSKA jamoasidan taklif tushdi. Uni qo‘llab-quvvatlab, ko‘proq imkoniyat berish yaxshi emasmi?

- Bizga ham yaxshi bu narsa. Qaniydi, o‘zimizning surxondaryolik futbolchi u erga o‘tsa biz xursand bo‘lardik. Biz qo‘limiz kelgancha unga yordam bermoqchimiz. Hamma narsa sun’iy bo‘lmasligi kerak. Uni TsSKA chariqmoqda deb, Haydarovni o‘ynatishimiz kerak deb noto‘g‘ri. Biz mashg‘ulotlarda jarayonini kuzatamiz, o‘yinlarda tahlil qilamiz. Shundan kelib chiqib, biz xulosa qilamiz- 

- Bugun "Surxon" 6 nafar himoyachi bilan maydonda harakat qildi. Bu nimadan bog‘liq?

- Oldinroq aytdim, bugungi o‘yin eng yaxshi o‘yinimiz bo‘lmadi. Lekin g‘alaba qozonganimiz bilan xursandmiz. Bizda bir qancha futbolchilar shamolladi va o‘yinda qatnasha olmadi. Bu narsa ham ta’sir bo‘lishi mumkin. Biroq e’tibor bergan bo‘lsangiz, himoyachilardan biri - Behruz Shaydulov teparoqda o‘ynadi. Biz "So‘g‘diyona" o‘yinini o‘rganib chiqqan holda shunday taktikani tanladik. Ularda kuchli futbolchilar bor, Doriev va unga qarshi qanday o‘ynash kerakligi inobatga olindi. Javohir Qaxramonov o‘ng qanot vinger bo‘lsa-ham o‘z pozitsiyasini tez-tez o‘zgartiradi, o‘yin davomida.

- "Surxon" so‘nggi o‘zaro 6 ta uchrashuvda "So‘g‘diyona"ni mag‘lubiyatga uchratmoqda va bugun ham "Surxon" g‘alaba qozondi. Buning sababi nimada?

- Ko‘plar aytadi, har bir jamoada o‘zining qulay raqibi bor. Mening fikrim, "Surxon" uchun hech qanday qulay raqib yo‘q. Eng asosiysi, biz yaxshi tayyorlandik, o‘yinga. Biz yaxshi o‘yinlarni ko‘rsatishimiz kerak. Men "Surxon"da 3 yildan beri ishlayman va "So‘g‘diyona"ni bizning eng kuchli raqiblardan biri sifatida tan olganmiz. Ular yaxshi o‘yin namoyish qilmoqda, ularning murabbiy ham yaxshi. Ular ham biz kabi, to‘p bilan yaxshi muomala qiladi.

- O‘tgan o‘yini haqida savol. O‘zbekiston Kubogida murabbiylar o‘ynash niyatini bildirmadi yoki futbolchilarda ishtiyoq yo‘q edi?

- Ikkalasi ham emas. Murabbiylar ham, futbolchilar ham g‘alaba qozonish istagini bildirgan edilar. Biz o‘zimizga o‘zimizga Kubokda finalgacha borish maqsad qilgandik. Biz bilardik: 7 ta o‘yin o‘ynab - finalda o‘ynaymiz va omadimiz chopsa sovrin yutishimiz mumkin. O‘tgan yil biz yarim finalgacha etib keldik va finalgacha bir qadam qoldi. Futbolda bo‘lib turadigan bitta narsalardan biri sodir bo‘ldi. Omadimiz kelmadi. "Lochin"ni ham o‘rganib chiqdik va yaxshi jamoa ekanligini biz bildik. Universitet jamoasi bo‘lganligi bilan ko‘p futbolchilar "Nasaf" akademiyasidan chiqqan. Shuningdek, Zafar Polvonov kabi tajribali futbolchilar ham bor. To‘g‘ri, biz rotatsiya qildik, chunki 8 kun ichida 3 o‘yin o‘tkazishga majbur bo‘ldik. Afsus, o‘sha o‘yinda muxlislarni ranjitdik. Ammo biz uzoqroqqa chiqish uchun harakat qildik.

- Keyingi turda, printsipial raqib "Andijon"ga qarshi maydonga tushamiz. Ushbu o‘yinda biz "Surxon" tomonidan nimani ko‘ramiz?

- Sizga savolim: Nega "Andijon" bizga printsipial hisoblanadi?

- 2017 yilda, Termizda har ikkala futbolchilar o‘rtasida mojaro bo‘lgan edi.

- Ha, esladim. Qaysi raqib bo‘lishi qat’iy nazar, biz o‘zimizning eng yaxshi o‘yinni ko‘rsatishga harakat qilamiz. Futbolchilarimiz har bir o‘yinda borini beradi, mehmonda o‘yin bo‘ladimi, Termizda bo‘ladimi?! Biz muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Matbuot-anjumanida so‘nggida bir gapim bor edi. Bizning do‘stimiz, texnik direktorimiz Nurali Nurullaevda mazzasi yo‘q, u reanimatsiyada bo‘lgan. Iloji bo‘lsa, sizlar orqali o‘zimizning nomimizdan unga sog‘lik tilagan bo‘lardim. Xudoga shukr, unda yaxshi tomoniga o‘zgarishlar bor. Hozir ham u shifoxonada va unga tezroq sog‘ayib ketishni niyat qilamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!