"Surxon" Superliga debyutanti bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
"Surxon" jamoasi tayyorgarlikni 12 iyuldan Toshkent shahrida davom ettirmoqda. Ertaga termizliklar nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, raqib Yaypanning "Turon" jamoasi bo‘ladi. Ushbu bahs 18:00da boshlanishi rejalashtirilgan.
Ushbu o‘rtoqlik uchrashuvida jamoa tarkibida ko‘rikda bo‘lib turgan yangi futbolchilar sinovdan o‘tkaziladi.

Fikrlar