"Surxon" Superligaga chiqsa muxlislar stadionni to‘ldirishi va’da qilinganmidi?
Xabaringiz bor, "Surxon" klubi bu mavsum sport pritsiplariga zid ravishda Superligaga qo‘yildi. Ammo jamoaning uy o‘yinlariga muxlislar kutilganidek ko‘p tashrif buyurmayapti. Bu esa PFL vakillarining jumladan tashkilot bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo‘jaevning e’tiborini tortdi.
- “Surxon” Superligaga qo‘shildi. Sport-TV Surxondaryodan jonli translyatsiyani ham eplay oldi. Faqat savol bor edi: qani stadionga sig‘may ketadigan muxlislar?
“Bunyodkor”da 4 dona ham muxlis yo‘q, bizda 20 ming odam o‘yinga kiradi, degan gaplarni qish davomida ko‘p eshitdik. Ma’lumot uchun, 2018 yil o‘sha “Bunyodkor”ning aynan 2-turdan joy olgan “Paxtakor”ga qarshi o‘yinini ko‘rish uchun stadionga 22 ming ishqiboz tashrif buyurgan.
Balki “Surxon” muxlislari ham faollashishi kerakdir? Ishonamanki, ular gap aynan Superligada to‘p surish haqida qolganini isbotlay olishadi, - deya yozgan Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi o‘zining sahifasida.
Bu orqali "Surxon" klubi vakillari agar jamoa Superligaga qo‘yilsa uy o‘yinlarga ko‘plab muxlislarning kelishi va’da qilinganini bildiradimi? Har holda biz shunday xulosaga keldik. Balki bu shunchaki elitaga qaytgan klub uchrashuvlariga tashrif buyurayotgan ishqibozlarni jonlashtirishdik. Yana kim biladi deysiz?!

Fikrlar