
"Surxon" Xumoyun Sherbo‘taev bilan shartnomani uzaytirdi
"Surxon" yana bir ftbolchisi bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub matbuoti xabar berdi.
"Humoyun Sherbo‘taev faoliyatini bizning klubimizda davom ettiradi. Yarim himoyachi bilan shartnomani yana ikki yilga uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
So‘nggi ikki yil ichida 23 yoshli tayanch yarim himoyachi jamoamiz safida 57ta o‘yin o‘tkazdi va 4 (2+2) ochko to‘pladi (gol+pas tizimi bo‘yicha). Endi esa, bu iqtidorli futbolchi bilan shartnoma yana 2 yilga uzaytirildi", - deyiladi xabarda.
Fikrlar