"Surxon" yana bir legioner futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi (foto)
“Surxon“ o‘z safiga yangi futbolchini qo‘shib oldi. Unga ko‘ra, Ruben Sanches Perez surxonliklar futbolchisiga aylandi!
Klub matbuot xizmati bu haqda "Telegram"dagi kanali orqali xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Perez 1994 yil 25 noyabrda tug‘ilgan. Futbolchi bungacha Ispaniyaning turli jamoalarida harakat qilgan.
Shu jumladan, "Toledo", "Sporting" Xixon, Granada B. Peresning so‘nggi klubi "Rayo Majadahonda" hisoblanadi.


Fikrlar