Asosiy mazmunga oʻtish

Suv polosi. O‘zbekiston chorak final chiptasi uchun Italiyaga qarshi o‘ynaydi

Javokhir Azimov
Izohlar: 0

Hozircha 4 jamoa nomi ma’lum.

Serbiya poytaxti Belgrad shahrida suv polosi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida guruh bahslari yakuniga etib, pley-off bosqichiga chiqqan dastlabki to‘rtta terma jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.

“A” guruhidan Vengriya,

“V” guruhidan Gretsiya,

“S” guruhidan Niderlandiya

“D” guruhidan Ispaniya

4 avgust kuni chorak finalning qolgan to‘rtta ishtirokchisi aniqlanadi. Quyida, chorak final yo‘llanmasi uchun bahs yuritadigan juftliklar berilgan.

O‘zbekiston – Italiya

Qozog‘iston – AQSh

Avstraliya – Xorvatiya

Kanada – Yangi Zelandiya

13-16-o‘rinlar uchun

Turkiya – Yaponiya

Janubiy Afrika - Serbiya

O‘zbekiston suzish federatsiyasi matbuot xizmati

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q