Suzuvchilarimiz Osiyo chempionatiga tayyorlanmoqda

CHERY AUTO

28 sentyabr – 10-oktyabr kunlari Hindistonning Ahmadobod shahrida suv sporti turlari bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etadigan suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda so‘nggi tayyorgarlikni olib bormoqda.

Tecno

Rejaga ko‘ra, jamoa 26 sentyabr kuni Hindistonga yo‘l oladi. Qit’a birinchiligida Ilya Sibirsev, Roman Berkovich, Abdulaziz Abdumajidov va Anastasiya Zelinskaya yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!