Asosiy mazmunga oʻtish

Svetlana Osipova jahon chempionatlaridagi uchinchi medalini qo‘lga kiritdi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Xabaringiz bor, Usi shahrida taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionatida bo‘lib o‘tmoqda.

Xitoyning Usi shahrida o‘tayotgan taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi medaliga sazovor bo‘ldi. Finalgacha Xitoy Taipeyi, Janubiy Koreya va Xitoy vakillarini mag‘lub etgan Svetlana Osipova (+73 kg) hal qiluvchi bahsda turkiyalik Nafisa Kushga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan taqdirlandi.

Bu Osipovaning jahon chempionatlaridagi uchinchi medali bo‘ldi. Bungacha uning hisobida dunyo birinchiliklarining 1 tadan oltin va kumush medallari bor edi.

Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q