Tabatadze uchun Vodiyning ikkita klubi kurash olib bormoqda

  • 17 noyabr, 2024, 13:17
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Navbahor" futbolchisi Toma Tabatadze kelasi mavsumni ham Vodiy o‘tkazishi mumkin. Unga bir yo‘la ikkita klub jiddiy qiziqish bildirmoqda. 

Tecno

Sports.uz'ga ma’lum bo‘lishicha, gruziyalik hujumchini "Neftchi" va "Andijon" jamoalari o‘z safida ko‘rishni istaydi. Ikkala klub ham kurashni boshlab yuborgan. 

Namanganliklar safiga 2023 yilning yozida kelib qo‘shilgan Tabatadzening shartnomasi shu yil so‘nggida tugaydi. Ushbu mavsum jamoa tarkibida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!