Taekvondo WT. Bugun Vetnamda Osiyo chempionati boshlanadi

  • 16 may, 2024, 09:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bugun Vetnamning Danang shahrida taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi navbatdagi Osiyo chempionati start oladi. Musobaqaning dastlabki kunida O‘zbekiston terma jamoasining 3 nafar a’zosi medallar uchun kurash olib boradi.

Tecno

Hamyurtlarimiz musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:

-54 kg: Jahongir Xudoyberdiev - Riku Takamaru (Yaponiya)
-63 kg: Amirbek To‘raev - Nurbek Gazez (Qozog‘iston)
-46 kg: Zebiniso Hoshimjonova - Kamonchanok Siken (Tailand)

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bundan avval 2022 yil tashkil etilgan qit’a birinchiligida 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalga sazovor bo‘lib, o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!