
Taekvondo WT. Osiyo chempionatining dastlabki kunida bronza medal qo‘lga kiritildi!
Xabar berganimizdek, bugun Vetnamda taekvondo WT bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi. Bundan biroz avval O‘zbekiston terma jamoasi qit’a birinchiligidagi dastlabki medaliga sazovor bo‘ldi. Aniqrog‘i, erkaklar o‘rtasida -54 kg vazn toifasida dayanga chiqqan hamyurtimiz Jahongir Xudoyberdiev yakunda bronza medalini delegatsiyamiz hisobiga qo‘shib qo‘ydi.
Hamyurtimiz saralashda Yaponiya va Tailand vakillarini musobaqadan chiqarib yubordi. Biroq yarim finalda qit’amiz reytingida peshqadamlik qilayotgan pokistonlik Shahzaib Xanga imkoniyatni boy berdi va bronza medali bilan taqdirlandi.
Bugun shuningdek erkaklar o‘rtasida -63 kg vazn toifasida Amirbek To‘raev hamda ayollar o‘rtasida -46 kg vazn toifasida Zebiniso Hoshimjonova ham Osiyo chempionatida ishtirok etdi. Afsuski, ushbu sportchilarimiz musobaqani medalsiz yakunlashdi.
Fikrlar