Taekvondo WT. Svetlana Osipova jahon chempioni!

  • 18 noyabr, 2022, 10:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Meksikada o‘tkazilayotgan taekvondo bo‘yicha jahon chempionatining yana bir kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli o‘tdi.

Tecno

MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, +73 kg vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz Svetlana Osipova jahon chempionligini qo‘lga kiritdi!

Final bellashuvida Osipova isroillik Dana Arzanni 3 raundda (2:1) mag‘lubiyatga uchratdi. Bu bilan Osipova jahon chempionatlarida g‘alaba qozongan o‘zbekistonlik birinchi taekvondochi qiz sifatida tarixga kirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!