Taekvondo WT. Terma jamoamiz Belgiyada birinchi bo‘ldi!

  • 20.03.2023 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Belgiyaning Lommel shahrida taekvondo WT bo‘yicha “Belgian Open” turniri nihosiga etdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etib, 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Bu haqida MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Hamyurtlarimizdan barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan Niyaz Pulatov, Ulug‘bek Rashitov hamda Shuhrat Salaev oltin medalga sazovor bo‘lishdi. G‘olib va sovrindorlar:

Oltin medal:
-68 kg: Niyaz Pulatov
-74 kg: Ulug‘bek Rashitov
-80 kg: Shuhrat Salaev

Kumush medal:
-62 kg: Feruza Sodiqova

Bronza medal:
-49 kg: Madinabonu Mannopova
-87 kg: Nikita Rafalovich

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!