Taekvondochilarimiz Astanadagi nufuzli turnirda TOP 3 ga kirdi!
Bugun Qozog‘istonning Astana shahrida taekvondo WT bo‘yicha G1 kategoriyasidagi “Kazakhstan Open” xalqaro turnirining kattalar o‘rtasidagi bellashuvlari tashkil etildi. Musobaqada vakillarimiz 2 ta oltin, 4 ta kumush hamda 1 ta bronza, jami 7 ta medalga ega chiqishdi.
Oltin:
Laylo Xasanova (53 kg)
Ozoda Sobirjonova (67 kg).
Kumush:
Jahongir Xudoyberdiev (54 kg)
Nazarali Nazarov (63 kg)
Jasurbek Jaysunov (80 kg)
Marat Mavlonov (+87 kg).
Bronza:
Asadbek Samandarov (58 kg).
Mazkur natija orqali milliy terma jamoamiz musobaqani umumjamoa hisobida kuchli uchlikda nihoyasiga yetkazdi. Bu haqida O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar