Taekvondochilarimiz Gollandiyada 8ta medalni qo‘lga kiritdi

CHERY AUTO

Gollandiyaning Eyndxoven shahrida taekvondo bo‘yicha kattalar va o‘smirlar o‘rtasidagi "45th Dutch Open Taekwondo Championships-G1" xalqaro turnirida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 3 oltin, 4 kumush va 1 bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Tecno
Turnirning o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda Madina Mannopova, Jasur Jaysunov, Ulug‘bek Rashidov oltin, Ozoda Sobirjonova, Begzod Ibrohimov hamda Shahzod Jo‘raev kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Kattalar o‘rtasida Dmitriy Shokin kumush, Bahrom Abdullaev esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, taekvondochilarimiz 13-mart kuni soat 07:00 da Toshkentga qaytib keladilar. 
 
IMG_0464
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!