Taekvondochilarimiz jahon chempionatini tarixiy natija bilan yakunladi
Kecha Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo‘yicha etti kun davom etgan kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘z nihoyasiga etdi.
Biz uchun ahamiyatlisi, dunyoning 150 dan ortiq mamlakatidan 1000 nafarga yaqin taekvondo ustalari ishtirok etgan mazkur dunyo birinchiligida Pavel Xan boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari ham munosib ishtirok etib, yakunda sportchilarimiz tomonidan 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali qo‘lga kiritildi.
Oltin:
Najmiddin Qosimxojiev (-74 kg).
Kumush:
Svetlana Osipova (+73 kg).
Bronza:
Jahongir Xudoyberdiev (-54 kg).
Bu safargi Jahon chempionati biz uchun o‘ziga xos natijalarga boy bo‘ldi. Misol uchun, Najmiddin JCh da oltin medalni qo‘lga kiritgan ikkinchi o‘zbekistonlik erkak taekvondochiga aylandi. Svetlana esa uchinchi marotaba dunyo birinchiligi shohsupasiga ko‘tarildi. Yosh sportchimiz Jahongir esa ilk marotaba dunyo birinchiligi medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabar bermoqda.



Fikrlar