Tanasida doping aniqlangan italiyalik mashhur hujumchi uzoq muddatli diskvalifikatsiyadan qutulib qoldi
Italiyalik mashhur hujumchi Juzeppe Rossi doping iste’mol qilgani uchun uzoq muddatli diskvalifikatsiyadan qutulib qoldi. Bu haqda ANSA nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Italiya antidoping agentligi 31 yoshli futbolchini ogohlantirish bilan cheklangan.
Eslatib o‘tamiz, Rossining tanasida dorzolamid moddasi aniqlangan edi. Buning uchun esa uni kamida bir yil futboldan chetlatishlari ham mumkin edi.

Fikrlar