Taniqli promoushen Jeyk Pol bilan shartnomani bekor qildi
Amerikalik bloger va bokschi Jeyk Pol 2023 yilda PFL bilan shartnoma imzolagan edi, biroq shu vaqtgacha u MMAda debut qilmadi.
Shundan so‘ng, PFL promousheni o‘zaro shartnomani bekor qildi. Bu haqida taniqli insayder Ariel Xelva ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasida xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli Jeyk Pol professional boksdagi faoliyati davomida 12 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etgan. U profiringda ilk jangini 2020 yil yanvar oyida o‘tkazgan.
So‘nggi jangida Pol britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi ringga ko‘tarilib, jag‘ suyakini ikki joyidan sindirib oldi. Ushbu bahs 20 dekabr kuni AQShning Mayami shahrida bo‘lib o‘tdi va oltinchi raundda Jeyk Polning nokautga uchrashi bilan yakunlandi.

Fikrlar