
Tanqidlarga uchragan Sautgeyt engilmas bo‘lib chiqdi!
Garet Sautgeyt qo‘l ostidagi Angliya terma jamoasi Evro musobaqasida mag‘lubiyatga uchramadi.
Bugun inglizlar yarim finalda Niderlandiyani mag‘lub etdi (2:1) va finalga yo‘l oldi.
E’tiborlisi, Sautgeyt qo‘l ostida Angliya Evropa chempionatida 13 ta o‘yinda ishtirok etdi. Yagona mag‘lubiyat "Evro2020" finalida penalitlar seriyasida bo‘ldi.
Asosiy vaqtni hisobga olsak, inglizlar bu murabbiy qo‘l ostida hali mag‘lubiyatga uchramadi.
Fikrlar