
Tarix yaratgan O‘zbekiston Jahon chempionatini boshni tik tutgan holda tark etdi
Futzal bo‘yicha Jahon chempionati nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Eron uchrashuvi yakuniga etdi.
Forslar tarkibida Farhod Tavakkoli, Muslim Oladgobad bir marotadan gol urgan bo‘lsa, Hasanzoda Ali, Ahmad Abbosi, Javid Mahdi dubl qayd etdi. Vakillarimizdan Husniddin Nishonov xet-trik, Anasxon Rahmatov dublga erishdi, Dilshod Rahmatov, Ilhom Hamroev hamda Ixtiyor Ropiev bittadan gol urdi.
Shunday qilib, o‘z tarixida ilk bor Eronga 8 ta gol urgan vakillarimiz o‘z yurishini nimchorak finalda yakunladi.
Fikrlar