Asosiy mazmunga oʻtish

Tarkibda eng zo‘r to‘purar yo‘q! Rossiya O‘zbekiston bilan o‘yinga qaydnomani e’lon qildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Uchrashuv 12 noyabrga belgilangan

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin noyabr oyidagi yig‘in uchun jamoaning kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi.

Ushbu yig‘in doirasida terma jamoa ikki uchrashuv o‘tkazadi. 12 noyabr kuni Rossiya Toshkentda O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. 17 noyabrda esa Krasnodar shahrida Venesuelaga qarshi o‘rtoqlik bahsi belgilangan.

Kengaytirilgan ro‘yxatdan jami 36 nafar futbolchi o‘rin oldi.

Darvozabonlar: Denis Adamov («Zenit», Sankt-Peterburg), Stanislav Agkatsev («Krasnodar»), Aleksandr Maksimenko («Spartak», Moskva), Anton Mitryushkin («Lokomotiv», Moskva), Matvey Safonov («PSJ», Parij), Maksim Borisko (CSKA, Moskva).

Himoyachilar: Kirill Danilov, Danil Krugovoy (ikkalasi ham – CSKA, Moskva), Igor Dmitriyev, Ruslan Litvinov (ikkalasi ham – «Spartak», Moskva), Andrey Langovich, Viktor Melekhin (ikkalasi ham – «Rostov», Rostov-na-Donu), Yevgeniy Morozov, Aleksandr Sil’yanov (ikkalasi ham – «Lokomotiv», Moskva), Mingiyan Beveev («Baltika», Kaliningrad), Ilya Vakhania («Krasnodar»), Turpal-Ali Ibishev («Ahmat», Grozniy), Maksim Osipenko («Dinamo», Moskva).

Yarimhimoyachilar: Kirill Glebov, Matvey Kislyak, Ivan Oblyakov (uchalasi ham – CSKA, Moskva), Danil Prutsev, Nail Umyarov (ikkalasi ham – «Spartak», Moskva), Daniil Glebov («Dinamo», Moskva), Artyom Karpukas («Zenit», Sankt-Peterburg), Aleksey Mironov («Rostov», Rostov-na-Donu), Aleksey Batrakov («Galatasaray», Istanbul), Arsen Zakharyan («Real Sosyedad», San-Sebastyan).

Hujumchilar: Yaroslav Gladyshev, Konstantin Tyukavin (ikkalasi ham – «Dinamo», Moskva), Nikolay Komlichenko, Sergey Pinyaev (ikkalasi ham – «Lokomotiv», Moskva), Aleksandr Sobolev («Zenit», Sankt-Peterburg), Lechi Sadulaev («Ahmat», Grozniy), Aleksandr Golovin («Monako»), Aleksey Miranchuk («Atlanta Yunayted», Atlanta).

***

Chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi uchrashuvlarida Aleksey Batrakov tomonidan urilgan gol va kunning boshqa eng muhim vaziyatlari – kunlik sharhda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q