
Tayron Vudli yana janglar o‘tkazmoqchi!
UFC sobiq jangchisi Tayron Vudli faoliyatini davom ettirish niyatida ekanligini malum qildi.
“Men MMA qoidalariga ko‘ra yana jang o‘tkazishni rejalashtiryapman. Muxlislar buni ko‘rishni xohlaydi. Rostini aytsam, faoliyatimning yakuniy bosqichi simulyatsiyadek tuyuldi. Butun Apex arena ishi... Bu haqiqiy muvaffaqiyatizlik edi.
Bu janglar ko‘rgazma janglariga o‘xshardi. O‘ylaymanki, muxlislar meni yana qafasda ko‘rishga loyiq. Men ularga hali ham o‘zim ekanligimni ko‘rsatmoqchiman. Faoliyatimni chiroyli tarzda yakunlamoqchiman”, - dedi yarim o‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Tayron Vudli.
42 yoshli Vudli 2021 yilda UFCni tark etgan. Shundan so‘ng u bloger Jeyk Pol bilan ikki marta ringga chiqib, ikkalasida ham mag‘lub bo‘ldi.
Fikrlar