Tayson Fyuri: "Joshuа, qo‘rqma, seni tezda nokautga uchrataman"
Sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri hamyurti Entoni Joshuaga nisbatan yana bir bor keskin tanqid va haqoratlarga to‘la chiqish qildi.
"Lўlilar qiroli" o‘zining Instagram sahifasida jonli videomurojaat e’lon qildi. Unda Fyuri juda keskin bayonotlar bilan chiqib, Joshuani o‘zaro jang uchun shartnomani imzolashga chaqirdi.
"Qo‘rqayotganingni bilaman, lekin ishon, senga qattiq shikast yetkazmayman. Hammisini tez tugataman. Seni tezda nokautga uchiratib, o‘z ishingga qaytishingga yo‘l qo‘yman. Bu sen va jamoang uchun ham deyarli og‘riqsiz o‘tadi. Eddi Hirn, Entoniga jiddiy zarar yetkazmaslikka va’da beraman...
Qo‘rqoq, Joshua! Qani sening oq bayroging? Sen ahmoq, hech qanday foydasi yo‘q bir parcha chiqindisan", — dedi Fyuri.

Fikrlar