Tayson Fyuri Otto Vallinga qarshi jang qiladi
Super og‘ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni Tayson Fyurining promouteri Frenk Uorren o‘zining Instagram tarmog‘i orqali mijozining navbatdagi raqibi Shvetsiyalik mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Otto Oallin bo‘lishi haqida xabar berdi. Jang 14 sentyabr kuni Las-Vegasda T-Mobile Arenada bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz: Fyuri so‘ngi jangini 15 iyun kuni Tom Shvartsga qarshi o‘tkazib, uni ikkinchi raundda mag‘lub etgan edi.
Otto Vallin professional ringda 20 ta jang o‘tkazib barchasida g‘alaba qozongan. Hozirda, WBA reytingida 10-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, IBF da 6-pog‘onani band qilgan.


Fikrlar