Tchuameni uzoq vaqt sabr qilgan: Valverde bilan janjalning yangi tafsilotlari ochiqlandi

  • 08.05.2026 20:52
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jurnalist Xavyer Sanches "Real" futbolchilari Federico Valverde va Orelien Tchuameni oʻrtasidagi mojaro haqida yangi maʼlumotlarni oshkor qildi.

Manbaga koʻra, Tchuameni uzoq vaqt davomida Valverdening mashgʻulotlardagi provokatsiyalariga sabr qilib kelgan. Kechagi mashgʻulotdagi qattiq toʻqnashuvdan keyin vaziyat keskinlashgan. Ayrim guvohlar ushbu epizodni juda xavfli deb baholagan, chunki toʻp maydonning boshqa qismida boʻlganiga qaramay, Tchuameni jiddiy jarohat olishdan arang qutulib qolgan.

Mashgʻulotdan keyin fransiyalik yarim himoyachi Valverde bilan yolgʻiz gaplashish uchun taxminan yarim soat kiyinish xonasida kutgan. Qiziqishi shundaki, Tchuameni ispan tilini yaxshi bilsa-da, Valverde bilan ingliz tilida muloqot qilgan. Keskin vaziyat sabab urugvaylik futbolchi uning gaplarini darhol tushunmagan.

Kiyinish xonasidagi janjalga Braim Dias, Fran Garsiya va Eder Militau guvoh boʻlgan.

Xabar qilinishicha, jamoadagi koʻpchilik futbolchilar mojaroni Valverde boshlab bergan deb hisoblamoqda. Biroq Tchuamenining keskin javobi ham oʻqlanmayapti, chunki aynan shu holatdan keyin Valverde jarohat olgan.
Janjal yakunida Valverde yerga yiqilib, bosh qismida yorilish paydo boʻlgan. Shuningdek, Tchuamenining shunday hissiy vaziyatda ingliz tiliga oʻtgani ham atrofdagilarni hayratda qoldirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!