Tebas: "La Liga — o‘sish kuzatilayotgan yagona chempionat"

  • 13.01.2026 22:28
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

La Liga prezidenti Xavyer Tebas Ispaniya chempionatining iqtisodiy o‘sishi haqida fikr bildirdi.

— Translyatsiya huquqlari bo‘yicha telekompaniyalar bilan yana besh mavsumga mo‘ljallangan shartnoma uzaytirilganidan so‘ng 2027–2032 yillar oralig‘ida La Liganing umumiy daromadi 6,135 milliard yevrodan oshib ketadi. Bu avval kutilganidan 9 foizga ko‘p. Biz — o‘sish kuzatilayotgan yagona liga.

Bizda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad pastroq, odamlar soni ham raqiblarimizga nisbatan kam. Bu esa audiovizual qurilmalar soni ham kamroq ekanini anglatadi va bir xil darajadagi daromadga yetishishni qiyinlashtiradi. Shunga qaramay, translyatsiya huquqlaridan olinayotgan daromad aynan La Ligada o‘smoqda, — dedi Tebas.

Shuningdek, u ayrim chempionatlardagi muammolarga ham to‘xtalib o‘tdi:

— Ko‘plab klublar va futbolchilar xalqaro darajada raqobatlasha olmayapti. Niderlandiya, Avstriya va Shveytsariya chempionatlari to‘g‘ri tizimga solinmagan. Bu esa ularning translyatsiya huquqlarini yo‘qotishiga olib keldi. Huddi shu holat bizda ham yuz berishi mumkin, shu sababli o‘rta muddatli strategiyalar zarur. Bu ligalar tomoshabinlar qiziqishini yo‘qotyapti, — dedi La Liga rahbari.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!