
Tedesko: Kokorin bo‘lmasa, O‘runov bor!
“Spartak” bosh murabbiyi Domeniko Tedesko jamoaning yangi futbolchilari, xususan avvalgi darajasida o‘ynay olmayotgan Aleksandr Kokoringa bo‘layotgan tanqidlarga javob berdi.
- Futbolchining shaxsiy hayotiga aralashishga hech kimning haqqi yo‘q. Murabbiy ham o‘yinchining shaxsiy ishlari maydondagi o‘yiniga ta’sir o‘tkazmaguncha indamaydi. Kokorin ham yaxshi shug‘ullanyapti. Ayrim uchrashuvlarni boshlang‘ich tarkibda boshladi, ba’zi o‘yinlarda zaxiradan tushdi. Gap bitta Kokorinda emas. U bo‘lmasa, Oston O‘runov bor, Sobolev, Ponse va Bakaev ham shu erda. Har bir o‘yindan oldin maydonga kimni tushirish borasida qiyin tanlovga duch kelamiz. Tanlov sharti bitta - qanday o‘ynasak, yutamiz!, - dedi Tedesko.
Rossiya premer-ligasida uchinchi o‘rinda borayotgan “Spartak” navbatdagi uchrashuvini 21 noyabr kuni o‘z maydonida “Dinamo”ga qarshi o‘tkazadi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.
Fikrlar