Tekinga kelsin! “Barsa” Levandovski o‘rniga superto‘purarni chaqirdi
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” yozgi transferlar oldidan jamoaga jalb qilinadigan yangi ijrochilar ro‘yxatini shakllantirib bormoqda.
Hans-Diter Flik hujum chizig‘ida ham o‘zgarish qilishga bel bog‘lagan. Skautlar 37 yoshli Robert Levandovski o‘rnini bosa oladigan nomzod topib qo‘ydi.
Kataloniyaliklar “Yuventus”dan ketish bo‘yicha bir qarorga kelib bo‘lgan Dushan Vlahovichga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Marca nashri xabar berishicha, “Barselona”ning asosiy maqsadi ko‘p gol ura oladigan forvardni imkon qadar bepul qo‘lga kiritishdan iborat.
Biroq kataloniyaliklar ishni yozga – Vlahovich erkin agentga aylanadigan paytga qoldirmay, yanvarda ham yakuniga yetkazib qo‘yishga urinib ko‘radi. Ana shu maqsadda ular “Yuventus”ni arzon narx yoki hujumchini yarim yil oldin shartnomani bekor qilgan holda qo‘yib yuborishga ko‘ndirmoqchi bo‘lyapti.
Fikrlar