
"Televideniyada ko‘rinishni xohlaydiganlar uni tanqid qiladi"
Tyago Almada Lionel Messi "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgani haqida gapirdi.
Argentinalik hujumchi faoliyatida sakkizinchi marta yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi.
"Biz u g‘alaba qozonishini bilardik. U bunga ko‘proq loyiq. Leo eng zo‘ri.
Televideniyada ko‘rinishni xohlaydigan odamlardan tanqidiy fikrlar ko‘ramiz. Biroq hammamiz u eng yaxshi va Leo bu sovringa hammadan ko‘proq munosib ekanligini bilamiz", - dedi Argentina terma jamoasi hamda "Atlanta Yunayted" yarim himoyachisi.
Fikrlar