Temur saralash chig‘irig‘idan o‘tdi
Qozog‘istonda "Chellenjer" turkumiga kiruvchi "Capital Cup - 2016" xalqaro turnirida o‘ndan ziyod mamlakat vakillari qatori o‘zbekistonlik raketka ustalari ham g‘oliblik uchun kurashadi.
Ushbu turnirning saralash musobaqasida qatnashgan hamyurtimiz Temur Ismoilov saralash o‘yinlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi. Iste’dodli tennischimiz asosiy to‘rga chiqish uchun qirg‘izistonlik Doniyor Duldaevni 6:3, 6:2, rossiyalik Denis Matsukevichni ham 6:3, 6:2 hisobida taslim qildi.
Temur Ismoilova asosiy to‘rda mezbonlar vakili Timur Xabibulin bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.
SPORTS.uz
Fikrlar