Temurxo‘ja Abduholiqov: Turkiya darajasidagi terma jamoaga qarshi o‘ynash men uchun juda qiziq
Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda Turkiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
O‘FA rasmiy saytining xabar berishicha bugun mazkur bahs oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Matbuot anjumanida terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan birga hujumchi Temurxo‘ja Abduholiqov ham ishtirok etdi va o‘zining ushbu o‘yin borasida fikrlarini bildirib o‘tdi.
Temurxo‘ja Abduxoliqov:
- Ertaga bizni Turkiya terma jamoasiga qarshi juda qiziqarli uchrashuv kutib turibdi. Shaxsan, men uchun bunday terma jamoaga qarshi o‘ynash juda ham qiziq.
Terma jamoamizda sog‘lom raqobat mavjud. Ayniqsa, hujum chizig‘ida ham mana oxirgi paytlarda nomzod futbolchilar soni ortib, raqobat paydo bo‘ldi. Bu futbolchilar uchun ham, terma jamoamiz uchun ham foydali, deb o‘ylayman.
Ertaga qiziq o‘yin bo‘ladi. Biz ham uchrashuvga yaxshi hozirlik ko‘rdik. Ertaga butun O‘zbekiston xalqini xushnud etishga harakat qilamiz, - dedi futbolchi.



Fikrlar