
Temurxo‘ja Abduholiqov Qatar klubi bilan kelisha olmadi
Bu yil “Lokomotiv” safida Superliga doirasida 23 ta o‘yinda maydonga tushib 14 ta gol urgan hujumchi Temurxo‘ja Abduholiqov kelasi mavsumni qaerda o‘tkazishi borasida bosh qotiryapti.
“Loko” bilan shartnomasi tugab borayotgan futbolchiga takliflar bisyor. U yana legionerga aylanishi ham mumkin edi. Gap shundaki, unga Tailand hamda Qatar klublaridan takliflar tushgan va muzokaralar olib borilgan. Biroq Abduholiqovning Sports.uz muxbiriga ma’lum qilishicha, moliyaviy masalalarda kelisha olmagan. Faqat jamoa nomini oshkor qilmadi. Yodingizda bo‘lsa, Temurxo‘ja 2017-2018 yilgi mavsumlarda Qatarning “Al-Sayliya” klubida to‘p surgan.
Hujumchi hozircha “Lokomotiv”dan ketgani yo‘q va ayni paytda Superligadan bir qancha takliflarni olgan. Xo‘sh, muzokaralar qanday kechyapti? Bu haqida u barchasini oshkor qildi. Tez orada Sports.uz saytida Abduholiqov bilan uyushtirilgan suhbat hukmingizga havola etiladi.
Fikrlar