Ten Xag: Bitta yoki ikkitasi o‘z ishini qilmasa...

  • 22.09.2023 21:27
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Erik ten Xag Andre Onanning xatosi haqida gapirdi.

Chempionlar ligasi doirasida "Bavariya"ga qarshi o‘yinning 28-daqiqasida Leroy Sane jarima maydonchasi tashqarisidan, taxminan, darvoza markaziga zarba yo‘lladi. Onana to‘pni to‘xtatmoqchi bo‘ldi va uning qo‘lidan to‘p chiqib, darvoza to‘riga borib tushdi. Xatodan keyin Onana 5 ta seyv amalga oshirdi. “Manchester Yunayted” 3:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

“Bu butun jamoa haqida. Ayni damda biz jamoa bo‘lib natija ko‘rsatmayapmiz. Shuning uchun ham individual futbolchilar kutilgan o‘yinni ko‘rsatmayapti. Lekin bu nafaqat bir futbolchiga, balki boshqalarga, jumladan, bosh murabbiyga ham tegishli.

Men har doim futbolchilarga aytaman, biz 11 futbolchi bilan hujum qilamiz va 11 futbolchi bilan himoyaga qaytamiz.

Bitta yoki ikkitasi o‘z ishini qilmasa, hammasi tamom Bu xuddi kartalardan uy qurishga o‘xshaydi. Shuning uchun gap faqat bir yoki ikkita o‘yinchining o‘z ishini bajarishi haqida emas, - dedi "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!