Ten Xag Germaniyadan ham haydaladigan bo‘lyapti
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqqanidan keyin ma’lum muddat ishsiz yurgan Erik ten Xag “Bayer”dan ish topgan edi.
Leverkuzenliklar “Real”ga ko‘chib o‘tgan Xabi Alonso o‘rniga jamoani niderlandiyalik mutaxassisga topshirdi.
Biroq Bundesliganing birinchi turida “Bayer” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Xoffenxaym”ga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi va Erik ten Xag jamoani mavsumga puxta tayyorlagani shuhba ostida qoldi.
Bild nashrining yozishicha, klub rahbariyati 55 yoshli Erik ten Xagning kelajagiga ishonmayapti. Ular sentyabr oyidagi xalqaro tanaffus vaqtida bosh murabbiyni almashtirmoqchi. Agar “Bayer” ikkinchi turda Bremendagi bahsda “Verder”ga yutqazib qo‘ysa, bu qaror kuchga kiritiladi.



Fikrlar