
Ten Xag qo‘pol xato qilgan David de Xeadan voz kechdi
“Manchester Yunayted”ning asosiy darvozaboni David de Xea klub rahbariyati bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Manbalar tomonlar o‘zaro kelishuvga yaqin turganini ma’lum qilgan edi.
Evropa ligasining chorak final javob uchrashuvida “Sevilya”ga qashi bahsda David de Xea yo‘l qo‘ygan xato manchesterliklarning yirik mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi.
Shundan keyin “Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag ispan posboni bilan xayrlashishga qaror qilgani aytilmoqda.
Niderlandiyalik bosh murabbiy kelasi mavsum birinchi raqamni yangi posbonga topshirmoqchi. Klub mutasaddilari endi bor e’tiborini yangi darvozabon qidirishga qaratadi. David de Xea klubda qolgan taqdirda ham zaxirada o‘tirishga ko‘nishi kerak bo‘ladi.
Fikrlar