Ten Xag "Yuventus" etakchisini "Old Trafford"ga olib kelmoqchi

  • 25 may, 2023, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” yarim himoyachisi Adrien Rabo faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirishi mumkin.

Tecno

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, “qizil iblislar” 28 yoshli frantsiyalik futbolchini hali ham o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor. Manbaning yozishicha, "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag Raboni maqtayapti va rahbariyat yarim himoyachi bilan shartnoma imzolay olishiga umid qilmoqda.

Biroq, ta’kidlanishicha, ayni damda ingliz grandi futbolchi bilan muzokaralarda hech qanday muvaffaqiyatga erishmagan, chunki u uchun kurashda ko‘plab klublar, jumladan, "Bavariya" ham ishtirok etmoqda.

Jurnalistning qo‘shimcha qilishicha, Rabo "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirmaydi.

Frantsiyalik futbolchi joriy mavsum jami 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining “Yuventus” bilan tuzgan mehnat shartnomasi bir oydan keyin tugaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!