Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis. Jokovich "US Open" turniri g‘olibi

Sinov3 Sinov3
Izohlar: 0

Jokovich "Katta dubulg‘a" tasinifida 24-g‘alabani qo‘lga kiritdi

AQSh kortlarida bo‘lib o‘tgan tennis bo‘yicha "US Open" turnirida erkaklar o‘rtasida chempion nomi aniqlandi.

Finalda serbiyalik Novak Jokovich Daniil Medvedevdan ustun keldi - 6:3, 7:6(tay brekda), 6:3.

Shu tariqa Novak faoliyatidagi "Katta dubulg‘a" tasnifida 24-marta chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bu borada u o‘zining rekordini yangiladi.

Bundan tashqari, Jokovich yakkalik bahslarida eng ko‘p "Katta dubulg‘a" turnirlari chempion bo‘lgan Margaret Kortga etib oldi.

Serbiyalik tennischi to‘rtinchi marta "US Open" turnirida g‘alaba qozondi. Bu borada Rafael Nadal, Jon Makenro to‘rttadan, Rojer Federer, Pit Sampras va Jimmi Konnors besh martadan g‘olib bo‘lgan.

Jokovich umumiy hisobda 96-chempionlikni qo‘lga kiritdi. Rojer Federer (103 ta) va Jimmi Konnors (109) bu ko‘rsatkichda serbiyalikdan oldinda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q