Tennis malikalari “Qatar Total Open – 2018” finalida o‘ynaydi
Doxada o‘tayotgan “Qatar Total Open – 2018” turnirida bugun final uchrashuvi o‘tkaziladi.
Yakkalik bahslarining so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida chexiyalik Petra Kvitova hamda ispaniyalik Garbin Mugurusa o‘zaro to‘qnash keladi.
Eslatib o‘tamiz, Petra va Garbin bugunga qadar to‘rt marotaba o‘zaro o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, ularda chexiyalik tennischi uchta o‘yinda g‘alaba qozongan bo‘lsa, ispaniyalik tennischi bir martda g‘olib bo‘lgan.
“Qatar Total Open – 2018” uchrashuvi bugun 20:00da boshlanadi.
Fikrlar