
Tennischilar “xotamtoylik” qilishdi
Shu yilning mart oyida WTA xamda USANA kompaniyasi bilan birgalikda “Aces for humanity” xayriya kompaniyasi start olgan edi.
Unga ko‘ra, “Premer” turkumiga kiruvchi turnirlarda eys orqali qo‘lga kiritilgan har bir ochko uchun tennischilar 5 AQSh dollar miqdoridagi mablag‘ni xayriya qilishlari kerak edi. Ushbu xayriya aksiyasi elchilari Karolina Voznyatski, Ejeni Bushar, Monika Puig va Chjen Saysay har bir eys uchun 10 AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ni xayriya qilishdi.
Birmingemdagi shunday turnirda 277 ta eys qayd etildi va 1385 AQSh dollari to‘plandi. Umuman olganda esa, barcha musobaqalarda hozirga qadar jami 2128 eys qayd etildi va 11 510 AQSh dollari to‘plandi.
Fikrlar