Ter Shtegen “Barsa”ga qattiq zarba berdi
“Barselona” asosiy darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen o‘zining jarohati haqida La Ligaga topshiriladigan tibbiy xulosani imzolashdan bosh tortdi.
Gap shundaki, tibbiy xulosada germaniyalik golkiperning davolanish jarayoni to‘rt oy davom etishi belgilangan. Agar bu hujjat La Ligaga topshirilsa, “Barselona” Mark-Andre ter Shtegen o‘rniga boshqa futbolchini chempionat qaydnomasidan o‘tkazish huquqiga ega bo‘lardi.
Kataloniyaliklarga birinchi raqam egasiga aylanishi kutilayotgan yangi darvozabon Joan Garsiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bitta bo‘sh joy kerak bo‘lyapti.
Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, rahbariyat bilan munosabati buzilgan darvozabon klubga yon bosgisi kelmadi va hujjatni imzolamadi.
“Barselona” rahbariyati ter Shtegenning bu “qilig‘i”ni jiddiy qabul qildi va klub yuristlariga darvozabon xatti-harakatlari bo‘yicha qonuniy jazo chorasini topishni topshirdi.
Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik o‘z hamyurtiga ancha avval asosiy darvozabon bo‘la olmasligini aytgan. Klubdagilar Mark-Andre ter Shtegenning ketishini istayapti. Tajribali posbon esa, jahon chempionatidan oldin jamoasini o‘zgartirmoqchi emas.
Fikrlar