
Ter Shtegen Osiyo safariga bormasdan operatsiya qildirishi mumkin
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen jamoaning Yaponiyaga bo‘ladigan safarini o‘tkazib yuboradi. Kataloniyaliklar 18 iyul, payshanba kuni Yaponiyaga uchib ketadi va 27 iyul kuni "Vissel Kobe"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
"Mundo Deportivo" nashrining yozishicha, 33 yoshli nemis posboni Osiyoga bormaydi. U kelasi haftada bel og‘riqlari tufayli operatsiyaga rozi bo‘lish yoki yo‘qligini hal qiladi. Agar u jarrohlik amaliyotiga rozi bo‘lsa, tiklanish jarayoni 4 oygacha cho‘zilishi mumkin.
Agar operatsiya amalga oshsa, "Barselona" ter Shtegenning maoshi to‘lab beriladigan limitidagi 80 foizdan foydalanib, boshqa futbolchini, xususan, yosh posbon Xuan Garsiyani ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.
Fikrlar