
Terma jamoa futbolchisi 39 yillik komadan chiqa olmadi
PSJ va Frantsiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Jan-Per Adams 39 yil davomida koma yotganicha, o‘ziga kela olmasdan 73 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Adams 34 yoshida tizzasidagi jarohatini operatsiya qildirish uchun Lion shahridagi shifoxonaga yoqtiziladi. Biroq anesteziologning xatosi tufayli futbolchi komaga tushib qoladi. Operatsiyadan oldin uning bir necha soat ichida o‘ziga kelishi kutilgandi. Biroq o‘sha uni Frantsiyada shifokorlar ish tashlash qilgani bois, kerakli mutaxassislar ishga chiqmagan edi.
Anesteziolog mash’um kunda sakkizta operatsiyaga mas’ul bo‘ladi va dori miqdorini adashtirib yuboradi. Qolaversa, Jan-Perning operatsiyasi paytida ushbu mutaxassisga stajer yordamchilik qiladi va futbolchining qora tanli ekani tufayli rang o‘zgarishini payqamaydi va shifokorning xatosini ilg‘amay qoladi.
Jan-Per Adams 1948 yili Senegalning Dakar shahrida tug‘ilgan. 1972-1976 yillar davomida Frantsiya terma jamoasida 22 ta uchrashuv o‘tkazgan. Klublar miqyosida PSJ va “Nitstsa” sharafini himoya qilgan.
Fikrlar