Asosiy mazmunga oʻtish

Terma jamoa futbolchisi to‘rt o‘yinga haydaldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Jazo og‘irroq bo‘lgan

Kosta-Rika terma jamoasi bosh murabbiyi Fernando Batista Moskvаning “Spartak” klubi hujumchisi Manfred Ugal'deni navbatdagi oʻyinlarga chaqirmaslik sababini tushuntirdi.

- Ugal'de diskvalifikatsiya muddatini oʻtab chiqishi kerak. U Gonduras bilan boʻlgan oxirgi saralash oʻyinida maydondan chetlatilgan va endi toʻrt uchrashuvni oʻtkazib yuboradi.

Rostini aytsam, men uni jamoada koʻrishni va yaqinidan tanishishni juda xohlardim, chunki men hali uni shugʻullantirmaganman.

Biroq u oʻrtoqlik oʻyinlarida qatnashishi mumkinligi yaxshi, ayniqsa yilning ikkinchi yarmida Millatlar ligasi boshlanishini hisobga olsak. Xudoga shukr, Ugal'de ehtimol Angliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida ishtirok etishi mumkin, - dedi Batista.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q