Terma jamoamizning "Katta dubulg‘a" turniri uchun to‘liq tarkibi ma’lm qilindi

  • 3 mart, 2021, 19:33
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Ertadan keyin poytaxtimizdagi "Humo" arena saroyida dzyudo bo‘yicha Toshkent "Katta Dubulg‘a" turniri start oladi.

Markaziy Osiyo mintaqasida ilk bor tashkil etilayotgan ushbu musobaqada dunyoning 72 davlatidan jami 508 nafar dzyudochi turnir medallari hamda Tokio Olimpiadasi yo‘llanmalari yo‘lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi. 

Musobaqa mezboni sifatida O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylari har bir vazn toifasida to‘rt nafardan dzyudochining ishtirokini ta’minlash huquqiga ega. Ilias Iliadis boshchiligidagi murabbiylarimiz aksariyat vaznlarda bu imkoniyatdan foydalanishdi. Jami 45 nafar dzyudochimiz Toshkent "Katta Dubulg‘a" turnirida tatamiga chiqadi.

Afsuski, jarohat sabab Hikmatulloh To‘raev, Muhammadkarim Hurramov, Bekmurod Oltiboev, Diyorbek O‘razboev singari terma jamoamizning etakchi a’zolari poytaxtimiz mezbonlik qiladigan musobaqada ishtirok eta olmaydilar. Murabbiylar ularning o‘rnini iste’dodli yosh dzyudochilar bilan to‘ldirishdi. Bu dzyudochilar o‘tgan yili yoshlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida g‘olib hamda sovrindorlar safidan joy olgan. 

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi:

ERKAKLAR:

-60 kg vazn toifasi

Sharofiddin Lutfullaev
Dilshod Baratov
Kemran Nurillaev
Mirzohid Mahammadjonov

-66 kg vazn toifasi

Sardor Nurillaev
Muhriddin Tilovov
Dilshod Yo‘ldoshev
Artyom Shturbabin

-73 kg vazn toifasi

Jaloliddin Boynazarov
G‘olib Sulaymonov
Murodjon Yo‘ldoshev
Obidxon Nomonov

-81 kg vazn toifasi

Sharofiddin Boltaboev
Suhrob Tursunov
Arslon Tojiev
G‘iyosjon Boboev

-90 kg vazn toifasi

Davlat Bobonov
Doston Meyliev
Shermuhammad Jandriev
Ozod Murodov

-100 kg vazn toifasi

Muzaffar To‘raboev
O‘tkir To‘raboev
Shahboz Po‘latov
Aqlmurod Xudoyberdiev

+100 kg vazn toifasi

Alisher Yusupov
Shohruh Baxtiyorov
Islom Ravshanqulov
Sherali Jo‘raev


AYoLLAR:

-48 kg vazn toifasi

Gulnur Muratbaeva
Xalima Qurbonova

-52 kg vazn toifasi

Diyora Keldiyorova
Sita Kadambaeva
Zuhra Mamurjonova

-57 kg vazn toifasi

Nilufar Ermaganbetova
Muxlisa Ganjieva
Shukurjon Aminova

-63 kg vazn toifasi

Farangiz Hojieva

-70 kg vazn toifasi

Gulnoza Matniyazova
Shohista Nazarova
Farangiz Xolmurodova

-78 kg vazn toifasi

Nodira Yo‘ldosheva
Mohisinaxon Husanova
Shohista Anorova
Irisxon Qurbonboeva

+78 kg vazn toifasi

Rinata Ilmatova

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!