Termadagi debyutda uchta gol urgan vunderkindni uchta grand talashyapti

  • 23.10.2023 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

TEAMtalk nashri xabariga ko‘ra, “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” klublari 16 yoshli irlandiyalik hujumchi Meyson Meliyani transfer qilishga shoshilyapti.

Ayni paytda yosh futbolchi “Sent-Patriks Atletik” jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Yaqinda u Irlandiyaning 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tarkib topgan terma jamoasida debyutini o‘tkazdi.

Meyson Meliya birinchi uchrashuvidayoq uchta gol urdi va o‘yinni kuzatishga kelgan London va Manchester klublari skautlari e’tiborini o‘ziga qaratdi.

Meliya professional faoliyatini ancha erta boshlagan. U “Sent-Patriks Atletik”ning asosiy tarkibidagi debyutini 15 yoshida nishonlagan.

Joriy mavsumda yosh hujumchi ettita uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini ikki marta ishg‘ol qildi va bir bor jamoadoshiga golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!