
Termamiz futbolchisi OFKda "yilning eng yaxshi yosh futbolchisi" nominatsiyasining yakuniy uchligiga kirdi
Osiyo futbol konfederatsiyasi "Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi" sovriniga nomzod futbolchilarning yakuniy uchligini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi va Rossiyaning TsSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullaev yakuniy uchlikdan o‘rin oldi.
Ta’kidlash kerak, g‘olib nomi shu yilning 29 oktyabr kuni Seul shahrida Osiyo futbol Konfederatsiyasi tomonidan qit’a futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimida e’lon qilinadi.
Fikrlar