
Tezkor! Azamat Nuftillaevning raqibi o‘zgardi. U Murod Xonto‘raevni mag‘lub etgan
19 fevral kuni Toshkentda U1 hamda "Oktagon" promousheni hamkorligida MMA kechasi tashkil etiladi. Ushbu oqshomda bir qator o‘zbekistonlik mashhur MMA vakillari jang qiladi.
Avvalroq, ushbu oqshomda og‘ir vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazadigan "Ajdar" nomi bilan mashhur vakilimiz Azamat Nuftillaev rossiyalik Arsen Abakarov bilan bahs yuritishi haqida xabar bergan edik.
"Octagon" tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Arsen Abakarov jarohat olgan. Uning o‘rnini ukrainalik Yuriy Protsenko egallaydi.
Eslatib o‘tamiz, Protsenko o‘z vaqtida Murod Xonto‘raevni mag‘lubiyatga uchratgan. Azamat Nuftillaev hozirga kelib, 11 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan. Abakarovning rekordi esa, 5-3 ko‘rinish olgan.
Fikrlar