
Tezkor! Babayanning litsenziyasi vaqtincha qaytarib olinadi
Superliganing 18-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” — “Navbahor” uchrashuvi yakunida ko‘ngilsiz voqea kelib chiqqani bir qator sport nashrlari tomonidan ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, mehmonlar ustozi Samvel Babayan matbuot anjumaniga kirish chog‘ida futbol muxlislaridan biri bilan tortishib qolgan.
Mazkur vaziyatga Milliy gvardiya xodimlari ham aralashgan. Babayanning baland ovozda hunuk so‘zlar bilan baqirayotganini eshitgan ayrim jurnalistlar matbuot anjumanlari xonasidan ko‘chaga yugurib chiqqan. Bu vaqtda mutaxassis OAV xodimlari holatni tasvirga tushirmoqda degan fikrda, o‘z sheriklaridan ca nashri vakilining telefonini tortib olish hamda undagi videotasvirlarni o‘chirib tashlashni talab qilgan.
Shundan keyin Babayanning sherigi hamda O‘zPFL tomonidan shu yilning 26 fevral sanasida ID 140 raqamli akkreditatsiya olgan Farhod Umaraliev jurnalistning qo‘lidan uning shaxsiy telefonini tortib olib, o‘zboshimchalik bilan undagi materiallarni o‘chirib tashlagan. Bu harakatlarni vaziyatga guvoh bo‘lgan boshqa nashrlar ham tasdiqladi.
O‘zPFL Reglamentlarida jamoa rasmiylari musobaqalar davomida o‘zlarini qanday tutishlari aniq ko‘rsatib o‘tilgan. Jamoa ustozlari har qanday holatda ham o‘zlarini na’muna sifatida ko‘rsatishlari shart.
Biz futbol va undagi hissiyotlarni hurmat qilgan holda murabbiylarning o‘yin vaqtidagi emotsiyalarini tabiiy qabul qilamiz va faqatgina juda oshirib yuborilgan vaqtda murabbiy ishini tegishli qo‘mitaga oshiramiz. Biroq Samvel Babayan uchrashuv davomida uni tinimsiz haqorat qilgan futbol muxlisi bilan rasmiy tadbirgacha hisob-kitob qilishga urinishi to‘g‘ri ish emas. Qolaversa, O‘zPFL musobaqalarini yoritib boruvchi jurnalistlarning stadionlardagi faoliyatini “O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar va musobaqalarda ishlovchi OAV vakillari uchun yo‘riqnoma” orqali tartibga soladi, ularga shu asosda akkreditatsiya taqdim etiladi.
Shundan kelib chiqib, O‘zPFL o‘z tadbirlarida faoliyat olib borayotgan OAV vakillarini har qanday holatda ham himoya qiladi. Babayan va uning sheriklari tomonidan amalga oshirilgan ish shu tomondan qaralganda na etika normalariga, na Reglamentga va na qonunchilikka to‘g‘ri keladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zPFL Samvel Babayanning mazkur ishini Tartib-intizom qo‘mitasiga oshiradi va unga qadar murabbiyning litsenziyasini qaytarib oladi. Shuningdek, qo‘mitada ish ko‘rib chiqilayotgan vaqtda jazo engilroq bo‘lishi uchun “Navbahor lochinlari” futbol klubi va shaxsan Samvel Babayanni OAV vakillaridan uzr so‘rashga chaqiradi.
Bunga qadar ham matbuot anjumanida ko‘ngilsiz voqea keltirib chiqargan, biroq keyinchalik o‘z aybiga iqrorligidan kelib chiqib, qayta akkreditatsiya berilgan Farhod Umaralievning akkreditatsiyasi ham qaytarib olinadi va u O‘zPFL musobaqalari uchun ro‘yxatdan qayta o‘tkazilmaydi. Mazkur shaxs matbuot anjumanida ishtirok etgani aniqlansa, har qanday mezbon klub jarimaga tortiladi.
Fikrlar
1. Журналистлар эшитларинг хамманг соткинсанлар Узбек спортини, Узбек футболини кенг еритиш урнига каердаги АПЛ, Ла лига бундеслига деса Ватанингни сотиб ушаларни ёритасанлар. Кани качонгача европа футболини курсатасанлар, Узбек футболини дунёга ким еритади. Кейин макола езишни аввал урганларинг каерни караса Шомуродов жамоадоши у ёкка утди, Шомуродов жамоадоши касал экан. Машарипов билан бирга уйнаган фалончини тугилган куни санлар жиннимисан. Нега халкни алдайсанлар нима тугрисини езса одам укимийдими маколангни фирибгар узларингу яна фирибгарларни гапирасанлар. Узбек футболини дунеда кайси мамлакат танийди хеч кайси мамлакат танимайди бунга сабабчи санлар. Европани кутини упаверсаларинг бизни футбол чукиб бораверади. Нега Узбек каналларида факат европа футболи кани бошка давлат каналларида Узбек футболи йук бунга сабабчилар санлар. Урниларингни бушатиб куйларинг еш журналистларга, энг кулгилиси учтанг утирволасанлар кайси команди нима килади кайсини ютади ва ютказади деб фол очгинча хакикатни езларинг.
2. Коментаторларга. хурматли коментаторлар яхшиси Узбекистон суперлигасини шархламай куяверларинг жим утириб кураверамиз. Нега Европа футболини юракдан шархлайсанлар гол урса бакирасанлар Узбек футболи санлар учун бир тийин айникса Х. Хамидов, Б. Акмалов колганини танимайман ва танишни хам хохламайман. Узбекистондаги Футбол канали факат европа футболи учун Спорт каналида эса Узбек футболи билан европа футболи бир вактда уйинлар буп колса Ватанини футболидан кура Европани курсатади. Санларга гапим ким булсаларинг хам Ватанингни унутиб куйма, агар хозламасаларинг кет уша Европанга. Х. Хамидов Навбахор Сугдиена уйинида футбол шархлаш урнига факат дуранга ишкибозлик килди сабаби Пахтакор жамоаси олдинрокка утиш учун. Хурматли Х.Хамидов сан шеьр езиб европа футболингни куриб юраверинг ТВ ни тинч куйинг. Коментаторлар барчанг бетараф буганингда Узбек футболини чин дилдан шархлашни хохлаганингда ТВ да ишлаларинг яхши шархловчиларга жойни бушатиб куй Европа футболи учун бошка канал очиб шархлайвер санларга эмас Узбек футболини шархлаш.
Бу гапларим чин калбдан ездим юкоридагиларга етиб борса хурсанд булардиму, лекин бунака журналистлар билан етиб бормаслиги биламан. Кискаси Худодан куркларинг йигиштир калбаки журналистлик ва шархловчиликларингни дегим келадию афсус бефойда.
Qo'ldan nima kelsa qilinglar Xudo xoxlar Navbahor chempionlikni han Kubukni ham oladi.