Tezkor! "Chelsi" va Pochettino kelishuvga erishdi
"Chelsi"ning yani bosh murabbiyi kim bo‘lishi aniq bo‘ldi. Angliyaning bir qator nashrlari xabar berishicha, "aristokratlar" Pochettino bilan kelishuvga erishdi. Argentinalik mutxassis klubning taklifini qabul qildi va tez orada rasmiy ma’lumotlar chiqadi.
Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, murabbiy uzoq muddatli shartnomaga qo‘l qo‘ygan. U iyundan "Chelsi"da ish boshlaydi. Vaqtinchlik jamoani boshqarib turgan Lempard londonliklarni tark etadi.
Pochettino bundan avval PSJga ustozlik qildi. Bundan tashqari, Mouritsio "Tottenxem"dagi faoliyati orqali barchaga yaxshi tanish.

Fikrlar