
Tezkor! Deku Xolandning agenti bilan uchrashdi
Asosan "Barselona" haqida insaydlar beradigan Jerrard Romeroning ma’lum qilishicha, Erling Xolandning agenti Rafaela Pimenta Deku bilan uchrashdi.
Insayderning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar asosan hujumchining kelajagi borasida gaplashishgan. Klub Xoland bilan shartnoma imzolashni istaydi. Futbolchining agenti Dekuga tez orada Erlingning oilasi bilan uchrashib, straykerning keyingi faoliyatini hal qilishini aytgan.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, Pimenta yana 45 ta futbolchilar bilan ishlaydi. U De Ligt, Marko Verratti va Pol Pogba kabi o‘yinchilarning agenti hisoblanadi.
Fikrlar